10:56 / 12.12.2015
2136

Frenk Sinatraning muxlislari qo‘shiqchining asrlik yubileyni nishonlamoqda

2015 yilning 12 dekabr kuni Amerika madaniyatining ko‘zga ko‘ringan siymolaridan biri bo‘lmish Frenk Sinatra tug‘ilganiga yuz yil bo‘ldi, deb xabar qilmoqda CNN.

Artist 1915 yilda Nyu-Jyersida tug‘ilgan va 1998 yilda Los-Anjyelesda vafot etgan. U bir necha yillik faoliyati davomida 100 lab disk yozishga muvaffaq bo‘ldi. Uning qo‘shiqlari chartlarning eng yuqori o‘rinlarini egalladi.

Bundan tashqari, u “Shu yerda va abadiy” filmidagi roli uchun Oskar mukofotining ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan. Frenk, shuningdek, “Oushenning o‘n bir do‘sti” filmining original lentasida ham rol ijro etgan.
Shu o‘rainda aytib o‘tish kerakki, Last.fm xizmati yordamida 2,2 foydalanuvchi Senatra qo‘shiqlarini 54 mln marta eshitgan.

Top