12:38 / 12.12.2015
2317

Hindistondagi suv toshqinlari keltirgan zarar miqdori 3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda

Hindiston janubida noyabr oyi oxirida boshlangan va dekabr oyi boshida davom etgan kuchli suv toshqinlari keltirgan zarar miqdor 200 milliard rupiyni (3 mlrd dollar) tashkil etmoqda. Bu haqda Aon Benfield sug‘urta kompaniyasi ma'lumotida aytilgan.

"Suv toshqinlari tufayli Hindiston iqtisodiyoti 200 milliard rupiy miqdorida zarar ko‘rdi.", deyiladi The Financial express nashri xabarida.

Aniqlik kiritilishicha, General Insurance Corporation (Hindiston bosh sug‘urta kompaniyasi) tabiiy ofat jabrdiydalari uchun 20 mlrd rupiy (300 mln dollar) miqdorida yordam mablag‘i beradi.

Ma'lumot uchun, Hindistonning janubidagi Tamilnad, Andxra-Pradesh va Puducherri shtatlari jiddiy zarar ko‘rgan.

Ushbu suv toshqinlari natijasida halok bo‘lganlar soni 400 nafardan oshgan, yana 2 mln nafarga yaqin hindistonlik o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Top