11:14 / 12.12.2015
5867

Iroq BMT Xavfsizlik kengashidan Turkiyani Iroq hududini tark etishga majburlashini so‘radi

Iroq tomonidan BMT Xavfsizlik kengashiga yo‘llangan shikoyatnomada tashkilotda Turkiyani Iroq hududini tark etishga majburlash so‘ralgan.

"Biz Xavfsizlik kengashidan Turkiya harbiylari Iroq hududidan zudlik bilan chiqib ketishini ta'minlashini so‘raymiz.. va ular bizning suverenitetimizni qaytib buzmasin", deyiladi Iroqning BMTdagi elchisi Muhammad Ali al-Hakim tomonidan yozilgan shikoyat xatida.

Uning bildirishicha, Turkiyaning harakati Iroqning hududiy yaxlitligiga daxl qilish hisoblanadi.

Dekabr oyi boshida Turkiya hukumati kurd xalq qo‘shinlari jangchilarini tayyorlash bahonasida Iroqqa 900 kishilik otryadni yuborgandi. Rasmiy Bag‘dod bunga qarshi norozilik bildirdi, biroq Turkiya qo‘shinlarni olib chiqib ketmadi.

Top