08:07 / 12.12.2015
2457

Kamerunda yuz bergan portlash 10 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Kamerun shimolida terrorchi o‘zini portlatishi tufayli 10 kishi halok bo‘ldi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu jangari "Boko Haram" a'zosi bo‘lgan.

Maxsus xizmatlar bu terakt ikki terrorchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

"Boko Haram" Nigeriya shimolida tuzilgan radikal tashkilot hisoblanib, Chad va Kamerun hududida ham o‘z ta'sirini kengaytirishga harakat qilmoqda. Bu tashkilot 2015 yilning martida IShIDga qo‘shilganini ma'lum qilgan.

Top