Parijda o‘tayotgan iqlim masalalariga bag‘ishlangan BMTning xalqaro sammiti yakuniy bosqichga kirdi. Bu haqda Fransiya TIV rahbari Loran Fabuis ma'lum qilgan.
"Bizning maqsad – global isish ko‘rsatkichini Tselsiy ko‘rsatkichi bo‘yicha 2 darajaga ushlab turish. Ana shunda uni 1,5 darajagacha cheklash mumkin bo‘ladi”, - dedi Fabuis.
Loyihada iqlim tizimiga og‘irlik tushirmaslik, buning uchun esa 2020 yildan so‘ng Kiota protokoliga o‘tish va aynan shu yildan boshlab atrof-muhit manbalarini saqlash uchun 100 mlrd dollar mablag‘ ajratish lozimligi nazarda tutildi. "100 mlrd dollar – bu boshlang‘ich hisoblanadi”, - deb ta'kidladi Fabuis.