11:10 / 12.12.2015
3134

Shayxontohur tumanida imom xatiblarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 11 dekabr kuni “Shayx Zayniddin” jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi jome masjidlari imom-xatiblarining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga tuman bosh imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li boshchilik qildi.
Yig‘ilishda asosiy e'tibor aqida masalalariga qaratildi. Unda namozxonlarning bilib-bilmay buzuq aqidalarga kirib ketishi eng dolzarb muammolardan biri ekani, odamlarni haq yo‘lga chaqirish, ularga Islom dini aqidasini to‘g‘ri yetkazish jome masjidi imom-xatiblarining vazifasi ekani ta'kidlandi. Ayniqsa, namozxonlar xavfsizligi bo‘yicha amalga oshrilayotgan chora–tadbirlarni yanada kuchaytirish, xususan, avto turjoylar nazorati, masjidga keluvchilarning sumka va xaltalarni tekshirish, kuzatuv kameralarini doimiy ishlashini ta'minlash kabi vazifalarga alohida to‘xtaldi.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan berilayotgan topshiriqlarning bajarilishiga ma'suliyatli bo‘lish yuzasidan imom - xatiblarga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirda jome masjidlarning o‘tgan davrdagi faoliyati sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalari muhokama qilindi. Yig‘ilish so‘ngida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, ko‘rsatmalar berildi.

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati / Muxlis.uz

Top