19:03 / 12.12.2015
3313

Suriyaning Homs shahrida portlash yuz berib, o‘ndan ortiq kishi halok bo‘ldi

Terrorchilar Suriyaning Homs shahri markazidagi kasalxona oldida avtomobilga o‘rnatilgan bombani portlatishdi. Bu haqda Homsdagi harbiylar orasidagi manbasiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

"Portlovchi qurilma o‘rnatilgan mashina Az-Zaxra mavzesidagi Al-Ahli gospitali binosi qarshisida portladi. Natijada o‘nlab kishilar jabrlandi, lekin aniq sonini aytish qiyin. Jarohatlanganlar tumandagi shifoxonaga tashilmoqda", degan manba.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu portlash tufayli kamida 10 kishi halok bo‘lgan.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Top