18:05 / 12.12.2015
3953

Turkmaniston prezidenti Ashxoboddagi konferensiya doirasida Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda o‘tkazilayotgan BMT Bosh assambleyasi tomonidan Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olinganining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Tojikiston prezidenti  Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida prezidentlar ikki davlatning o‘zaro hamkorligi istiqbollarini muhokama qilishgan. Uchrashuvda yoqilg‘i-energetika va transport-aloqa sohasidagi hamkorlikning jihatlari haqida gaplashishgan. Xususan prezidentlar Turkmaniston-O‘zbekiston-Tojikiston-Qirg‘iziston-Xitoy bo‘ylab gaz quvuri qurilishi hamda Turkmaniston-Afg‘oniston-Tojikiston o‘rtasidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining amalga oshirilishi masalasida gaplashishgan.

Shuningdek, suhbat chog‘ida rahbarlar Turkmaniston va Tojikistonning xalqaro maydondagi siyosiy voqealarga munosabatini bildirib o‘tishgan.

Top