20:35 / 13.12.2015
3468

«Arsenal» «Aston Villa»ni yengib, APLda birinchi o‘ringa chiqib oldi

Angliya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" hamda "Arsenal" klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishdi.

O‘yin kutilganidek, shiddatlik hujumlar ostida boshlandi. 8-daqiqaga kelib, chap qanotda maydon egalari qo‘pollik ishlatishdi va hakam 11 metrlik jarima nuqtasini ko‘rsatdi. Jiru penaltini aniq ijro etdi va hisobni ochdi. Bu gol orqali u APLdagi 50 golini urdi.

38-daqiqada esa Aaron Remzi ikkinchi golni urib, ustunlikni mustahkamladi.

Shu hisob o‘yin oxiriga qadar saqlanib qoldi va "Arsenal" bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 33taga yetkazib, turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Angliya chempionati, 16-tur
Aston Villa – Arsenal 0:2
Gollar: 0:1 – 8, penalti Jiru, 0:2 – 38 Remzi.
Aston Villa – Gyuzan, Xatton, Leskott, Okore, Bakuna, Veretu, Guyye (Grilish, 78), Sinkleyr, Sanches, Jyested (Xil, 57), Ayyu.
Arsenal – Chex, Belerin, Koselni, Monreal, Mertesaker, O‘zil, Remzi, Kempbell (Gibbs, 64), Flamini, Uolkott (Oksleyd-Chemberlen, 64), Jiru.

Top