19:46 / 13.12.2015
2488

Eron 20 yil ichida o‘zining neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 70 mlrd dollarga oshiradi

Eron kelayotgan yigirma yil ichida o‘zining neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 70 mlrd dollarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tehronda o‘tkazilgan 12-Eron neft-kimyo forumidagi chiqishi paytida mamlakat neft vaziri Bijan Namdar Zangene ma'lum qilgan.

"Bu maqsadni amalga oshirish uchun salmoqli investitsiya, zamonaviy texnologiya va marketing talab etiladi”, - dedi vazir.
"Eron ilg‘or texnologiyalarni kafolatlash maqsadida jahonning oliy darajali kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi", - qo‘shimcha qildi vazir.

Top