10:37 / 13.12.2015
3035

ESPN: «Manchester Yunayted» Gvardiola bilan muzokaralarni tezlashtirdi

“Manchester Yunayted»” Xosep Gvardiolani jamoaga olib kelish huquqi borasida “Manchester Siti”dan o‘zib ketishi mumkin.

So‘nggi paytlarda “MYu” “Bavariya”ning 44 yoshli murabbiyi bilan muzokaralarni jadallashtirdi, boisi bunga kech qolishlari mumkin edi.

Jamoa Chempionlar ligasi musobaqasini tark etgach va APLning 16 turida “Bornmut”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach, van Gaalning jamoada qolish masalasi so‘roq ostida qoldi.

Ma'lum qilishlaricha, jamoa Gvardiolani olib kelish uchun barcha choralarni ishga soladi va ayni damda bu jarayon tezlashgan.

Top