12:50 / 13.12.2015
4068

Yeva Karneyro o‘zini "Chelsi"ga qaytarishlarini talab qilmoqda

"Chelsi" klubining sobiq shifokori Yeva Karneyro o‘zini ishiga qaytarishlarini talab qilmoqda.

Sud ushbu ishni 6 yanvarda ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Karneyro "Suonsi"ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:2) bosh murabbiy Joze Mourinoning ruxsatisiz futbolchiga yordam berish maqsadida maydonga tushgani uchun ishidan chetlatilgan edi.

Karneyro ayol kishi bo‘lgani uchun Mourino tomonidan kamsitilganini ro‘kach qilib, undan tovon puli undirishni ham maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, "Charlton" rahbariyati esa sud ishi yakunlangani hamono Karneyroga ish taklif qilishga tayyor.

Top