08:48 / 13.12.2015
5705

Fyuri IBF kamarini unitazga tashlab yubordi

Noyabr oyi oxirida Vladimir Klichkoni mag‘lub etib, superog‘ir vazn toifasida jahon chempioniga aylangan britaniyalik Tayson Fyuridan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionligini olib qo‘ygach, bokschi bunga norozilik belgisi sifatida IBF kamarini unitazga tashladi. U bu holat suratini o‘z tvitteriga joylashtirgan.

U bu harakatini bajarishdan oldin IBF amaldorlarini ogohlantirgandi.

Klichkoni yengib, undan WBA, WBO va IBO kamarlarini ham olib qo‘ygan Fyuri IBF kamarini majburiy da'vogar ukrainalik Vyacheslav Glazkovdan himoya qilishni istamagani uchun jazolangandi.

Mag‘lubiyatdan keyin Klichko Fyuridan revansh olmoqchiligini aytgandi. Shuning uchun Fyuri Glazkovning o‘rniga Klichko bilan yana urushishni istagandi.

Bundan oldinroq, Fyuri IBF versiyasi bo‘yicha noyabr oyining eng yaxshi bokschisi deb topilgandi.

Top