00:24 / 13.12.2015
4524

OAV: Turkiya qo‘shinlarini IShIDga qarshi kurashayotgan koalitsiya shafeligida Iroqqa olib kirishni rejalashtiryapti

Turkiya Iroq bilan yuzaga kelgan ziddiyatni bartaraf etish rejalarini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, u IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya shafeligida o‘z qo‘shinlarini Iroqning Mosul shahri yaqinidagi hududga kiritmoqchi. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri bayon qilgan.

Ma'lum qilinishicha, Turkiya hukumati bu borada AQSh va Buyuk Britaniya bilan muzokara olib bormoqda.

Shuningdek, Anqara Bag‘dod bilan muzokara olib borishni ham rejalashtirgan.

Top