18:33 / 13.12.2015
2337

Pensilvaniya politsiyasi Walmart supermarketida qurol bilan odamlar hayotiga tahdid solgan shaxsni otib o‘ldirishdi

AQShning Pensilvaniya shtatidagi Walmart supermarketida ikkita to‘pponcha bilan qurollanib, odamlar hayotiga tahdid qilgan noma'lum shaxs politsiyachi tomonidan otib tashlandi. Bu haqda CNN telekanalida xabar qilindi.

Politsiyachilardan birining aytishicha, bu shaxs supermarket binosiga bostirib kirgan va mijozlarga qurol o‘qtala boshlagan. Voqea joyiga darhol politsiyachilar chaqirilgan. Ular supermarketga kirishgan va bu shaxsdan qurollarini topshirishni so‘rashgan. Lekin buning o‘rniga u qurollarni politsiyachilarga yo‘naltirgan.

Shundan so‘ng, politsiyachilardan biri unga o‘q uzishga majbur bo‘lgan. OAV ma'lumotiga ko‘ra, u mahalliy shifoxonaga olib borilgach, jon bergan. Qayd etilishicha, bu voqea tufayli supermarket mijozlari orasida ham, politsiya vakillari orasida ham jabrlanganlar yo‘q.

Ayni vaqtda o‘ldirilganning shaxsini aniqlash uchun tekshiruv olib borilmoqda.

Top