14:37 / 13.12.2015
3253

Pokistonda terakt: Qurbonlar soni kamida 10 kishi

Pokistonning Parachinar shahridagi bozorda portlash yuz berishi tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Geo TV telekanalida xabar qilindi.

Hukumat bergan ma'lumotlarga ko‘ra, terakt bozor hududidagi qishki kiyimlar sotiladigan savdo markazida amalga oshirilgan. Bozor shaharning chekka qismida joylashgan.

Qayd etilishicha, terakt tufayli kamida 50 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan, ulardan 15 nafarining ahvoli og‘ir.

Guvohlarning aytishicha, savdo markazi hududiga portlovchi qurilma ikki kishi tomonidan o‘rnatilgan. Ular voqea joyini tark etishgan uringanida, tutilib hukumatga topshirilgan. Lekin hozircha hukumat bu ma'lumotni tasdiqlamadi.

Hodisa hududiga huquq tartibot organlari xodimlari yetib kelishgan va tafsilotlarni o‘rganishga kirishgan.

Bundan oldinroq, Pokiston harbiy sudi tomonidan 2014 yili Peshovardagi maktablardan biriga hujum qilganlikda aybdor deb topilgan 4 nafar sudlanuvchi osib o‘ldirish orqali qatl qilingan haqida xabar berilgandi.

Top