22:05 / 13.12.2015
6212

Rossiya Mudofaa vazirligi orbitaga harbiy vazifalarni bajaruvchi qurilmani chiqardi

Rossiya Mudofaa vazirligi 13 dekabrda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan “Proton-M” raketasida uchirilgan harbiy koinot qurilmasini o‘z boshqaruviga oldi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Vazirlik matbuot-xizmatida qurilmaga “Kosmos-2513” raqami berildi, uning ko‘rsatkichlari yoki vazifasi oshkor etilmadi.

Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy koinot qurilmasining bort tizimi normal tartibda ishlamoqda.

Top