20:44 / 13.12.2015
8808

Rossiya Mudofaa vazirligi YouTube’da Pentagondan o‘zib ketdi

Rossiya Mudofaa vazirligi kanali YouTube portalida AQSh Mudofaa vazirligining uchta – DARPA TV, DoD va DoD News kanallari birga olinganidan ko‘proq ommaboplikka ega bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda Geektimes nashri.

Rossiya videosi 7 mln gacha namoyish yig‘di. Oxirgi ikki oy ichida “Dog‘iston” kemasidan yuqori aniqlikdagi qurol bilan berilgan zarbalar va “Rostov-na-Donu” suv osti kemasidan suv ostidan turib qanotli raketalarning guruh tarzida uchirilishi videolari eng katta ommaboplikka ega bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligi chop etgan oxirgi rolik ham ommaboplashmoqda, u 20 soatda deyarli yarim millionga yaqin namoyish yiqqan.

13 dekabr holatiga ko‘ra “Kaspiy dengizidan IShID obektlariga qarshi yuqori aniqlikdagi qurol bilan yoppasiga zarba berish” (“Massirovannyy udar vysokotochnym orujiyem po obektam IGIL v Sirii iz akvatorii Kaspiyskogo morya") roligi eng ommabop rolik bo‘lmoqda, u ayni paytga kelib 6,5 mln dan ko‘proq namoyish yiqqan.

Ma'lum qilinishicha, Pentagon Youtube’da bir nechta rasmiy akkauntga ega. Uning asosiy kanali 2007 yil 6 sentabrdan beri mavjud, u shu kungacha 31 mln namoyish va 17 ming obunachi yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. DARPA akkaunti 2009 yil 15 yanvarda ochilgan, namoyishlar 35 mlnni, obunachilar 56 mingni tashkil qiladi. Pentagonning rasmiy yangiliklar kanali DoD News 2006 yil 12 oktabrdan beri mavjud, videolar namoyishi
miqdori 2,8 mlnni, obunachilar 11 mingni tashkil qiladi.

Pentagonning uchta kanalining umumiy obunachilari soni 85 minggachani, videolar namoyishi 69 mlngachani tashkil qiladi, Rossiya Mudofaa vazirligining kanali kechroq, ya'ni 2011 yil 23 oktabrda qayd qilinganiga qaramasdan, 102 ming obunachi va 70 mln dan ko‘proq namoyishga ega.

Top