19:31 / 13.12.2015
18623

Suriyalik bloger: Mening Suriyadagi hayotim

Mazkur maqolada Suriyaning Damashq shahrida istiqomat qiluvchi bloger va MTN Syria’da keng polosali mahsulot va raqamli OAV menejyeri Mahmud al-Muftiyning ayni kunlarda Suriyada bo‘layotgan voqealardan ta'sirlanib, g‘azablanib va hissiyotlari junbushga kelgan holda bildirgan fikrlari keltirilgan.

“Suriyalik Mahmud al-Muftiy urush ketayotgan mamlakatda yashamoqda. Dunyo boshida bo‘lgani singari ahmoqlashib bormoqda.

Suriyaning Damashq shahrida hozirgacha yashab kelayotgan suriyalik sifatida 12 noyabr kuni Bayrut shahrida bo‘lgan voqea haqida, keyin esa 13 noyabr kuni muhabbat shahri Parij to‘g‘risidagi undanda yomonroq xabarni eshitdim.

Ushbu xabarlarni o‘z sevgan insonlaridan ajralganlar uchun, katta urushning Suriya o‘yin maydonida ko‘proq o‘yinchilar bilan yanada ulkanlashishi kabi yangi qo‘rquvlar qorishmasi, og‘riq, achinish va tushukunlik kayfiyatida qabul qildim.

Qo‘rquvim Afg‘oniston va Iroqda ko‘rganlarim va guvoh bo‘lganlarimdan tashkil topgan.

Mazkur holatlarning har ikkisi ham biznikiga o‘xshash va unda "Al-Qoida" ham yo‘q qilinmadi, bu vaziyat urushga barham berish bilan ham yakunlanmadi (ular haligacha uni yakunlaganlari yo‘q). Har ikkala holatda ham nima yo‘q qilindi? Har ikkala mamlakat.

Keyin esa tashqarida yaxshiroq hayot izlayotgan, g‘arbliklar ularga inson sifatida emas, balki tahdid sifatida qarayotgan, biroq bor-yo‘g‘i yangi va yaxshiroq hayot, umid izlayotgan hamda yangi zarbalarga duch kelayotgan suriyalik qochoqlar to‘g‘risida o‘yladim.

O‘zimga kelsak, men boshqalar kabi ichkarida umidsiz va ilojsizman.

SURIYaLIKLAR YaXShI ODAMLAR. MeNING MAMLAKATIM DUNYoDAGI ENG GO‘ZAL MAMLAKATLARDAN BIRI. UShBU MAMLAKAT VA UNING AHOLISI YaXShISIGA LOYIQ.

Suriya bilan bog‘liq sahnani Samuel Bekketning “Godoni kutish” asariga o‘xshash deb o‘yladim.

Uning barcha qahramonlari shu yerda.

Biz hammamiz noma'lum Godoni kutyapmiz. Biz uning kimligi yoki vaziyatni o‘zgartirish uchun nima qilishini bilmaymiz, biroq uni mana besh yildirki, kutishda davom etyapmiz.

Chunki kutishdan o‘zga chora yo‘q.

U o‘limmi? Yoki xaloskor?

U haqiqatan ham keladimi? Qachon?

U Afg‘oniston va Iroqning Godosiga o‘xshashmi? Agar shunday bo‘lsa, biz uni rostan ham kutishni istaymizmi?

Urush bu – dahshat. Qashshoqlik – dahshat. Hozirgi iqtisodiy va salomatlik vaziyatida bu yerdagi hayot - dahshat. Noaniqlikni kutish – dahshat.

Suriyaliklar yaxshi odamlar. Mening mamlakatim dunyodagi eng go‘zal mamlakatlardan biri. Ushbu mamlakat va uning aholisi yaxshisiga loyiq.

Yoshim o‘ttiz uchda, oilaliman. To‘rt yoshli o‘g‘lim va ikki yoshli qizim bor. Ularning har ikkisi ham urush vaqtida dunyoga keldi. Ularning har ikkovi men bilan birgalikda normal hayot kechirishni boshlashimizni kutishmoqda. Ular qachon bunday bo‘lishini so‘rashlari mumkin. Ikki yoki uch marotaba bu haqida savol bergach, bu savolga hech kim javob bera olmasligini anglashadi.

Ko‘plab odamlar kabi mening ham katta orzularim bor. Men doim keyingi Elon Mask bo‘lishni istardim. Google yoki Facebook’da ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlar edim. Silikon Vodiysida o‘zimning startapimni barpo etish istagida edim.

Men bunga haqliman. Shunday emasmi? Yo‘q. Pasportimda viza yo‘q va hech qachon bo‘lmaydi, chunki pasportim “birinchi dunyo” mamlakatlarida qabul qilinmaydi.

Normal hayot kutish uchun sarflanishga juda qisqalik qiladi. Kutayotgan vaqtimda meni dahshatga soladigan eng qo‘rqinchli narsa ... BuUuUm.

Yomon niyat. Keyingi hayotda ko‘rishguncha, agar u yana bo‘lsa”.

Top