09:10 / 13.12.2015
7044

Yuk mashinalari haydovchilari videomurojaat orqali Putindan referendum o‘tkazishni talab qilishdi

Rossiyada federal trassalarda yurganlik uchun to‘lov o‘rnatishga qarshi norozilik bildirayotgan yuk mashinalari haydovchilari Moskva viloyatining Ximki shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bu masalani referendum orqali hal qilishni talab qilib videomurojaat bilan chiqishdi.

“Biz Rossiyaning norozilik bildirayotgan yuk mashinalari haydovchilari, 12 tonnadan ortiq og‘irlikdagi avtomobillarning federal trassalarda harakatlanishi uchun to‘lovlar yig‘ish tizimining bekor qilinishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini talab qilamiz”, deyiladi videomurojaatda.

Norozi haydovchilar Rossiya Konstitutsiyasining 3-moddasiga iqtibos keltirmoqdalar, bu moddada “Rossiyada hokimiyatning yagona manbasi uning ko‘p millatli xalqi hisoblanadi”, deb aytilgan.

Top