21:48 / 14.12.2015
2844

2015 yilda Jizzax viloyatida bojxonachilar 700 mln so‘mdan ziyodlik noqonuniy mahsulotlarni musodara qilishdi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 2015 yilning o‘tgan davrida tovar-moddiy boyliklarning O‘zbekistonga olib kirilishi, olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq 117 qonunbuzarlik holati bartaraf etildi.

UzAning ma'lum qilishicha, 703 million 550 ming so‘mlik turli noqonuniy mahsulotlar musodara qilingan. Aniqlangan 6 holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Qonunbuzilish holatlari sodir etilishiga sharoit yaratib bergan shaxslarning harakatlari yuzasidan korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar yig‘inlariga 15 marotaba taqdimnoma kiritilgan.

Bojxona xizmati xodimlari tomonidan hududimizga o‘q-dori, qurol-yarog‘, portlovchi va giyohvandlik moddalari, terrorizm va ekstremizmga doir adabiyotlar hamda audio-video materiallar kiritilishi, tarixiy, madaniy, milliy boylik va tovarlarning noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olinmoqda.

Top