14:31 / 14.12.2015
5262

Bosh shtab: Rossiya aviatsiyasi “Suriya ozodlik armiyasi” janglarini havodan qo‘llab-quvvatlamoqda

Rossiya Bosh shtabi rus aviatsiyasi tomonidan “Suriya ozodlik armiyasi” (SOA) keng miqyosda qo‘llab-quvvatlanayotganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovning ta'kidlashicha, muxolifat otryadlarining 5 ming nafardan ziyod jangchilari hukumat qo‘shinlari bilan birgalikda harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda.

“SOAning bu kabi tuzilmalari soni ortib bormoqda. Ularga ko‘mak berish maqsadida Rossiya aviatsiyasi kuniga 30-40 marotaba aviazarbalar bermoqda. Shuningdek, ularga qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va harbiy aslahalar bilan ham yordam ko‘rsatilmoqda”, - dedi Gerasimov.

Avvalroq Vladimir Putin Moskva Suriyaning bir qator provinsiyalarida jang olib borayotgan “Suriya ozodlik armiyasi”ga ko‘mak ko‘rsatayotganini ma'lum qilgan edi.

Top