18:38 / 14.12.2015
3959

Braziliya bilan imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi

O‘zbekiston qulay hamkorlik rejimini o‘z ichiga olgan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan davlatlar ro‘yxatini Braziliya bilan to‘ldirildi, deya xabar bermoqda Norma.uz.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi qulay takliflar va imtiyozlar asosida o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan mamlakatlar ro‘yxati 46taga yetdi.

2009 yilning 28 may kuni Braziliada O‘zbekiston va Braziliya hukumatlari o‘rtasida iqtisodiy va savdo hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan edi. Mazkur hujjat 2015 yilning 17 avgust kuni kuchga kirgan. 2015 yilning 11 dekabr sanasida esa O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining hamkorlikdagi qarori asosida esa qulay hamkorlik rejimini o‘z ichiga olgan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar imzolangan davlatlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Mazkur hujjat 14 dekabr kuni kuchga kirdi.

O‘zbekiston qulay hamkorlik rejimini o‘z ichiga olgan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan davlatlar ro‘yxati:

1. Avstriya
2. Bangladesh
3. Belgiya
4. Bolgariya
5. Braziliya
6. Buyuk Britaniya
7. Vengriya
8. Vetnam
9. Germaniya
10. Gretsiya
11. Daniya
12. Misr
13. Isroil
14. Hindiston
15. Indoneziya
16. Eran
17. Irlandiya
18. Ispaniya
19. Italiya
20. Iordaniya
21. Kipr
22. Koreya
23. Xitoy
24. Latviya
25. Litva
26. Malta
27. Lyuksemburg
28. Niderlandiya
29. Portugaliya
30. Pokiston
31. Polsha
32. Singapur
33. Sloveniya
34. Ruminiya
35. Slovakiya
36. AQSh
37. Turkiya
38. Finlyandiya
39. Fransiya
40. Chexiya
41. Shveytsariya
42. Shvetsiya
43. Estoniya
44. Yaponiya
45. Saudiya Arabistoni
46. Malayziya

Top