19:44 / 14.12.2015
6517

Mercedes-Benz o‘zining eng quvvatli kabrioletini namoyish qildi

Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining S-Class sinfidagi eng quvvatli kabrioleti – S65 ni namoyish qildi. Model 6 litrli, 12 silindrli, 2 turbinali benzin dvigateli bilan jihozlandi.

Motor 630 ot kuchiga ega, maksimal aylantirish lahzasi 1000 Nm ni tashkil qiladi. Dvigatel 7 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi. Orqa g‘ildiraklari tortuvchi Mercedes-AMG S 65 Cabriolet mashinasi turgan joyidan 100 km/soat tezlikkacha 4,1 soniyada erishadi. Mashinaning maksimal tezligi elektron qurilmalar bilan 250 km/soat qilib chegaralangan.

Model ko‘p qatlamli matodan yasalgan tomga ega, u qora, qizil, ko‘k yoki oqish rangdan biriga bo‘yalishi mumkin. Tom 17 soniyada yig‘iladi. Uni 50 km/coat tezlikda harakatlanayotganda ham yig‘ish mumkin.

Kabrioletning ichi teri bilan qoplangan. Standart jihozlanishiga yorug‘lik-diodli optika, aylanma ko‘rish tizimi, old g‘ildiraklari 255/40 va orqa g‘ildiraklari 285/35 o‘lchamdagi pokrishkaga ega 20 dyuymli g‘ildirak disklari, Burmester audiotizimi, haydovchi bo‘yin qismining iliq havo bilan isitilishi funksiyasi kiradi.

Model uchun qo‘shimcha ravishda keramik tormozlar va tezlikni elektron cheklovchini 300 km/soatga suruvchi AMG Driver’s Package paketini buyurtma qilish mumkin.

Kompaniya kabriolet uchun buyurtmalarni 2016 yil apreldan boshlab qabul qila boshlaydi.

Top