17:19 / 14.12.2015
13000

Namangan viloyatidagi yana bir tuman hokimi o‘zgardi

Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 11 dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Unda Chortoq tuman hokimi A.Boyxonov lavozimidan ozod etildi.

"Shu kunga qadar Chust tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Oybekjon Haydarov Chortoq tumani hokimi etib tayinlandi", deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligining axborot xizmati.

Hokimlik saytiga yangi hokim haqidagi ma'lumotlar joylashtirilgan.

Bundan avval Namangan viloyatining Pop tumanida ham hokim o‘zgargan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 26 noyabr kuni Namangan viloyat hokimligida xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining 6-sessiyasi bo‘lib o‘tgan, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, viloyatga yangi hokim tayinlagandi.

Top