19:02 / 14.12.2015
2812

Panasonic robotlari pomidor yig‘ib olishni o‘rganishyapti

Panasonic kompaniyasi o‘zi mustaqil ravishda pomidor teradigan robot prototipini namoyish qildi. Kompaniya loyihasi haqida press-relizda ma'lum qilingan.

Loyija robotning “ko‘z”lari asosiy rol o‘ynaydi, chunki ular yetilgan sabzavotlarni aniqlashga moslashtirilgan. Shu bois u sabzavotlarning rangiga qarab ularning pishganligi yoki hali pishmaganligini aniqlaydi. Agar pomidor pishgan bo‘lsa, robot uni ehtiyotkorlik bilan uzib, savatga joylaydi. To‘lib qolgan savatni robot maxsus sensor yordamida biladi va uni bo‘shiga almashtiradi.

Ayni damda Panasonic robotlari bir ko‘chatdan sabzavotni yig‘ib olishga 20 soniya vaqt sarflamoqda. Kompaniya muhandislari bu vaqtni 6 soniyagacha kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Top