10:04 / 14.12.2015
2251

Pokistonda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 25 nafarga yetdi

Pokistonning Parachinar shahri bozorida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati qurbonlari soni 25 nafar, jarohatlanganlar 62 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Dawn nashri.

Terakt yakshanba, 13 dekabr kuni shaharga kirish joyidagi nazorat punkti oldida, qishki kiyimlar sotilayotgan savdo rastalari yaqinida sodir etildi. Guvohlarning ko‘zlariga ko‘ra, mazkur qo‘poruvchilik harakati ikki kishi tomonidan sodir etilgan. Ular jinoyat joyidan yashirinishga uringan vaqtida mahalliy aholi tomonidan qo‘lga olinib, hukumatga topshirilgan.

Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni 23, jarohatlanganlar 47 nafar, deya keltirilgan edi.
Nashrning yozishicha, bombalarni zararsizlantirish bo‘yicha guruh rahbari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, qurilmada 35-40 kilogramm portlovchi moddalar bo‘lgan.
Portlash uchun javobgarlikni mazkur hududda faoliyat yurituvchi ikkita terroristik guruh o‘z zimmasiga olgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari portlash joyini qurshab olishdi, hududda shifokorlar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Top