Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev Qatar davlatiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mamlakat rahbari Qatar amiri Tamim bin Xamad Al Tani bilan ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, investitsiya oqimini jalb etish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash borasida muzokara o‘tkazadi.