18:42 / 14.12.2015
2442

Stas Mixaylov “Kommunalka” restoranlar tarmog‘ini ochmoqda

Rossiyalik xonanda Stas Mixaylov Kishinyovning “Kommunalka” restoranini xarid qildi va endilikda ushbu franshiza ostida Rossiyada restoranlar tarmog‘ini tashkil etmoqchi. Bu haqda Moldovaning “Logo-press” gazetasiga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, rossiyalik san'atkor brendni 2 mln yevroga o‘ziga tegishli SM Group kompaniyasi orqali xarid qilgan. U Rossiya hududida 50ta restoran ochmoqchi, bu loyiha realizatsiyasiga ega 25 mln yevro talab qilinadi. Birinchi restoran 2016 yil fevralida Sankt-Peterburgda ochiladi.

“Kommunalka” Kishinyovda 2014 yil martida ochilgan bo‘lib, sovet davri kommunal xonadonlar dizayniga yaqin vintajli interer tufayli tez orada mashhurlikka erishdi.

Top