19:31 / 14.12.2015
3832

Tojikiston IIV: 600dan ortiq fuqarolarimiz chet ellardagi harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda

Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari polkovnik Abduxalim Nazarzodaning isyoni Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi tomonidan moliyalashtirilgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda dushanba kuni Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati Roshtqal'a tumani aholisi bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi.

Idora matbuot xizmatining xabar berishicha, terrorchilarni zararsizlantirish bo‘yicha 10-12 davomida olib borilgan operatsiyalarda mahalliy aholi katta yordam bergan.

Vazir, shuningdek, yosh tojikistonliklar chet eldagi radikal harakatlar saflariga qo‘shilayotganidan bezovtaligini bildirib o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, ayni paytda respublika fuqarolaridan 600dan ortig‘i chet ellardagi harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda. Unga qadar 50 nafari tushuntirish ishlari o‘tkazilganidan so‘ng o‘z ixtiyori bilan respublikaga qaytgan.

“Biz yo‘ldan adashgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga intilmoqdamiz”, - 'ulosa qildi Rahimzoda.

Top