14:20 / 14.12.2015
5716

Toshkent shahrida non sotuvchi korxonalarning noqonuniy pul aylanmasi fosh etildi

Toshkent shahar hokimligi, SVOJJDLQK departamentining shahar bo‘limi, DSI, moliya bo‘limi hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan korxonalarning faoliyati o‘rganilib, joriy yilning oktabr oyida arzon narxlarda non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilgan jami 1 387 tonna un qanday maqsadlarga sarflangani tanlov asosida tekshirildi.

Tadbir davomida “Farsantexmax”, “Far Vali invest” xususiy korxonalari va “Osiyo vodiy ko‘rki” MChJga qarashli non sexlarining mansabdor shaxslari naqd pul aylanmasiga oid qonunchilik talablariga zid ravishda savdo pullarini nazorat kassa mashinasiga kirim qilmagani aniqlandi.
Shuningdek, shaharning Sanoat ko‘chasida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor A. Yulchiyevga tegishli savdo do‘koni shoxobchasida qisqa muddatli tekshirishda savdo tushumi NKMga kirim qilinmagani, sotuvdagi mahsulotlarning hujjati yo‘qligi ma'lum bo‘ldi.

Monitoringda viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi mansabdor shaxslari tomonidan Fergana Progressive MChJ va “Don Baraka Non” MChJning qolipli non ishlab chiqarish sexi tashkil etilgani, ularda non mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani hamda ushbu mahsulotlardan namuna olingani to‘g‘risida soxta sanitariya tekshiruv dalolatnomalari tuzilgan, shu tariqa bu korxonalarga amalda yaroqsiz gigiyena sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosasi rasmiylashtirib berilgani ma'lum bo‘ldi.
“Huquq” nashrining yozishicha, mazkur qonunbuzarliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilgan.

Top