14:23 / 14.12.2015
4201

Uychilik fermer chigit o‘rniga sholi va g‘alla ekkani uchun javobgarlikka tortildi

Namangan viloyati Uychi tumanida faoliyat yuritayotgan fermer Rahimjon Soatov “Uychi paxta tozalash” OAJ bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomasini buzganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Shartnomaga binoan u 38.2 ga yerga paxta ekishi va tegishlicha xom ayosh yetkazib berishi lozim bo‘lgan. Ammo u 29.2 ga yerga chigit, 3.1 ga yerga sholi va 5.9 ga yerga g‘alla ekkan. Sholi va g‘allani u shartnomadan tashqari yetishtirib, bozorda sotishni va naqd daromad ko‘rishni ko‘zlagan.

Soatov chigit ekilmagan 9 ga yer uchun paxta yetishtirish bahonasida tumandagi bank filialidan 14.045 mln so‘m miqdoradi imtiyozli kredit ham olgan.
Bu faktlar tergov tomonidan aniqlanib, fermer jinoiy javobgarlikka tortildi.

Top