15:07 / 15.12.2015
3530

Afg‘oniston Tolibon bilan muzokaralarni tiklashda Pokistonning yordamiga umid qilmoqda

Reyter kolumnisti Asad Hashim «Afg‘oniston tolibonlar bilan to‘xtab qolgan tinchlik muzokaralarini tiklash uchun Pokiston ko‘magiga erishmoqchi» nomli maqolasida yaqinda Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston yuqori mansabli amaldorlarining uchrashuvi haqida ma'lumot berdi.

Muallifning ta'kidlashicha, tadbir chog‘ida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri S.Rabboni Pokistonni tolibonlar bilan tinchlik muzokaralarini tiklashda ko‘mak ko‘rsatishga chaqirib, yaqin haftalar ichida mazkur yo‘nalishda ijobiy odimlarni ko‘rish istagini bildirdi. O‘z navbatida, Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif Afg‘oniston tomoni boshchiligidagi yarashuv jarayonini ma'qullashini qayd etdi.

Tadbir doirasida AQSh davlat kotibining o‘rinbosari E.Blinkenning aytishicha, «tinchlik muzokaralarini tiklash uchun qat'iy belgilangan jadval yo‘qligiga qaramay, Afg‘oniston va Pokiston tomonlari yana odamlarni muzokara stoli atrofiga to‘plashga qat'iy qaror qilgan». Mazkur sharoitda Hindiston tashqi ishlar vaziri S.Svaraj Pokiston tomoni bilan yuksak darajadagi muloqotning qayta tiklanishi borasida ishonch bildirdi. Uning aytishicha, Dehli va Islomobodning «mintaqaviy savdo va hamkorlikni mustahkamlash masalasida harakat qilishi» vaqti yetdi.

"Shu bilan birgalikda, Hindiston tashqi siyosiy idorasi rahbarining qayd etishicha, Pokiston tashqi ishlar vaziri S.Aziz bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Hindiston va Pokiston o‘rtasida dialogni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", deyiladi "Telegraf.uz" xabarida.

Top