23:27 / 15.12.2015
5806

Eron tomonidan raketa uchirilishi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzish deb topildi

BMT ekspertlari komissiyasi 2015 yil oktabrda Eron tomonidan uzoq masofaga mo‘ljallangan raketaning uchirilishi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi buzilishi bilan amalga oshirilgan, deb ma'lum qildi.

Bo‘lib o‘tgan voqea haqidagi hisobot Xavfsizlik kengashining Eronga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qo‘mitasi a'zolariga yuborildi.

Avvalroq AQSh agar Eron ballistik raketa uchirgani haqidagi ma'lumotlar tasdiqlansa, choralar ko‘rishi ma'lum qilingandi.

Top