23:03 / 15.12.2015
5173

Jahonda so‘nggi 20 yil ichida milliarderlar soni besh barobarga ko‘paygan

Jahonda so‘nggi yigirma yil ichida milliarderlar soni 4,76 martaga, ya'ni 1347 kishiga ko‘paygan. Bu haqda UBS va PricewaterhouseCoopers (PWC) hamkorlikda taqdim etgan hisobotga tayanib, Rambler News Service ma'lum qilmoqda.

1995 yildan boshlab Yer yuzida barcha milliarderlarning moliyaviy holati sakkiz barobarga oshdi va 5,4 trillion dollarni tashkil etdi. Shu bois jahon YaIP mahsuloti shu davrdan boshlab uch barobarga ko‘tarildi va 77 trillion dollarni tashkil etdi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, 289 biznesmendan yigirma yil ichida ro‘yxatda faqatgina 126 nafari qolgan. Ayol-milliarderlar soni esa 6,6 martaga, ya'ni 145 nafargacha ko‘paygan. Yer yuzining eng boy kishilari ro‘yxatining 90 foizini erkaklar tashkil etadi.

Top