18:10 / 15.12.2015
5723

Kerri Moskvaning Arbat ko‘chasi bo‘ylab sayrga chiqdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga tashrifi davomida shaharning Arbat ko‘chasida sayr qilgan. Bu haqda AQShning Moskvadagi elchixonasi vakili Uill Stivens o‘z tvitterida xabar qilgan hamda bu holat suratini akkauntiga joylagan.

Bugun Jon Kerri va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Bundan oldinroq, BMT bu uchrashuv natijasida Suriya masalasi bo‘yicha navbatdagi muzokaralar kuni ma'lum bo‘lishini kutayotgani haqida xabar qilgandi.

Top