18:32 / 15.12.2015
5589

Lavrov va Kerri o‘rtasidagi muzokaralar 3 soatdan buyon davom etmoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Bosh kotibi Jon Kerri o‘rtasidagi muzokaralar uch soatdan buyon davom etmoqda, deb yozadi «Gazeta.ru».

Kerri o‘zining kirish nutqida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro turli qarashlar mavjud bo‘lsada, bir qator masalalarda umumiy til topishishga qodir ekanini ta'kidladi va aloqalarda umumiy nuqtani topishni davom ettirishni taklif qildi.

Bosh kotib o‘z nutqini ruscha «spasibo» so‘zi bilan yakunlagan.

Muzokaralarda Kerriga Yevropa va YevroOsiyo ishlar bo‘yicha yordamchisi Viktoriya Nuland va Moskvadagi elchi Jon Tefft yo‘ldoshlik qilmoqda.

Muzokaralarda ishtirok etayotganlar ichida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Sergey Ryabkov va Gennadiy Gatilov, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika TIV departament direktori Sergey Vershininlar bor.

Top