12:32 / 15.12.2015
2179

«Lester» qishki transferlar vaqtida Vardi va Maxrezni sotmaydi

"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoaning asosiy hujumchisi Jyeymi Vardi va yarim himoyachi Riyod Mahrez qishki transferlar vaqtida jamoani tark etmasligini ma'lum qildi.

"Yanvarda hech kim Vardi va Mahrezni sotib ololmaydi. Chunki ular sotilmaydi. Ularning bahosi yo‘q", - deydi Raneri.

Eslatib o‘tamiz, bu futbolchilar "Chelsi"ga qarshi kechgan bahsda bittadan gol kiritib, 2:1 hisobidagi g‘alabani ta'minlashdi.

Ma'lumot uchun, APLda o‘tkazilgan 16 o‘yinda Jyeymi Vardi 15ta gol (2ta golli pas uzatgan) urgan holda turnir to‘purariga aylangan.

Jazoirlik futbolchi Riyod Mahrez esa 11ta gol urib, 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ushbu futbolchilarga Ispaniya va Angliyaning bir qator grand jamoalaridan qiziqish mavjud.

Top