21:49 / 15.12.2015
5256

"Liverpul" qishki transferlardagi ilk xaridi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Angliyaning "Liverpul" jamoasi Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" jamoasidan 19 yoshli futbolchi transfer qiladi.

"Sportski Jurnal" nashrining yozishicha, 19 yoshli yarim himoyachi Marko Gruyich Yurgen Kloppning qishki transferlar vaqtidagi ilk xaridiga aylanadi. Manbaning yozishicha, ayni vaqtda inglizlar jamoasi vakillari Serbiyaga kelishuv jihatlarini hal uzil-kesil qilish uchun yo‘l olishgan.

Xabar qilinishicha, bu yosh futbolchi uchun mersisaydliklar 6 million yevro to‘lashadi.
Ma'lumot uchun, Gruyich "Tsrvena Zvezda" jamoasi safida 32ta o‘yin o‘tkazgan va 5ta gol urgan.

"Liverpul" bu futbolchini sotib olgach, 2016 yilning yoziga qadar ijara asosida Belgradda qoldirishni mo‘ljallagan.

Top