12:43 / 15.12.2015
3626

Muxtor Qurbonov: "Sho‘rtan" futbolchilari avgust oyidan buyon maosh olishmasdan yashashmoqda

G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov yangi mavsum oldidan jamoadagi muammolar haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda championat.asia sayti xabar berdi.

"Hozircha "Sho‘rtan"dan ketganim yo‘q. Lekin jamoada qilinishi kerak bo‘lgan masalalar bor. Avgust oyidan buyon futbolchilarga ish haqlari berilgani yo‘q. Shu bois yangi yilga qadar o‘tkazishimiz kerak bo‘lgan dastlabki yig‘inni o‘tkaza olishimiz gumon. Yangi futbolchilarni taklif qilish borasida ham ikkilanib turibman. Shu kunlarda rahbariyat bilan uchrashaman. Umid qilamanki, vaziyat ijobiy tomonga o‘zgaradi. Tezroq yig‘inni boshlashimiz kerak. Yangi qaytaraman: hozircha klubdan ketganim yo‘q", - deydi Muxtor Qurbonov.

Ma'lumot uchun, "Sho‘rtan" klubi 2015 yilgi mavsumda O‘zbekiston chempionatini 11-o‘rinda tugatdi.

Top