11:19 / 15.12.2015
3696

OAV: Parij teraktlari tashkilotchisi “Bataklan”dagi jangarilarni telefon orqali boshqarib turgan

Parijda sodir etilgan teraktlar tashkilotchisi Abdulhamid Abaud “Bataklan” konsert zalida sodir bo‘layotgan voqealarni telefon orqali boshqarib turgan, o‘zi esa voqea joyidan bir necha kvartal narida turgan. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Fransiyalik xavfsizlik sohasi tahlilchisi Jan-Sharl Brizan tayyorlagan hisobotda aytilishicha, Abaudning hujum sodir etilgan joyga yaqin hududda turgani uning rejani bevosita boshqarib borganini hamda “Bataklan”dagi jamoaga topshiriqlar berib turganini ko‘rsatadi.

Aytilishicha, o‘sha kuni Abaud bilan bir uyda turgan guvoh uning telefon orqali baqirib gaplashayotganini ko‘rgan. Abaudni, shuningdek, tashqi kuzatuv kameralari ham qayd qilgan.
Abaud teraktdan so‘ng amalga oshirilgan politsiya reydlaridan birida otib o‘ldirilgan edi.
Parijdagi teraktlar 13 noyabr kuni sodir etildi. “Bataklan” konsert zalida uyushtirilgan otishma oqibatida 130 kishi qurbon bo‘ldi.

Top