09:53 / 15.12.2015
2689

Obama: Koalitsiya Iroqda jangarilarning 40 foizlik hududini ozod qildi

Iroqdagi jangarilar IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya tomonidan amalga oshirib kelinayotgan harbiy amaliyotlari tufayli 40 hududidan mahrum bo‘lgan. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Pentagonda o‘tkazilgan brifing chog‘ida ma'lum qilgan.

"Biz IShIDga barchadan ko‘ra ko‘proq zarbalar berdik. Xalqaro koalitsiya "jangarilarning yuragiga changal soldi", deydi Obama.

Prezidentning qayd etishicha, koalitsiya jangarilarga qarshi zarbalarni ko‘paytiradi va quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Obamaning aytishicha, jangarilarga qarshi kurash olib borish ular shaharlarga kirib, tinch aholi vakillari ortiga yashirinayotgani tufayli qiyinlashmoqda.

AQSh prezidentining qayd etishicha, IShIDni yo‘q qilish uchun barcha choralar ko‘riladi.

Top