18:29 / 15.12.2015
6409

O‘zbek san'atkorlari Urush va mehnat faxriylari pansionatida bo‘lib, keksalarga sovg‘alar ulashdi

Bolalar “Muruvvat” internat uylari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Respublika Jamoatchilik Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, Sog‘liqni saqlash Vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Orom“ ashula va raqs dastasi hamkorligida, “Keksalarga mehr qo‘llarini uzataylik” shiori ostidagi Xayriya tadbirining mantiqiy davomi sifatida bir guruh san'atkorlar O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Shuhrat Vohidov, Abdurashid Yo‘ldoshev, Yulduz Turdiyeva, “Nihol”  va “E'tirof” mukofotlari sovrindori Ulug‘bek Rahmatullayev, Urush va mehnat faxriylari pansionatida bo‘lib, keksalarga hadyalar ulashdilar.

IMG_1483

IMG_1404

IMG_1417

Keksaligi, betobligi tufayli pansionat zaliga tusha olmagan qariyalarga san'atkorlarning o‘zlari palatalariga chiqib, hadyalarni topshirdilar.

IMG_1510

Ular bilan suhbatda bo‘lib, ma'naviy qo‘llab-quvvatladilar.

IMG_1477

IMG_1468

IMG_1489

San'atkorlarning samimiy tashriflaridan keksalarning quvonchlari cheksiz bo‘ldi. Ular doimo yurtimiz tinch va farovon bo‘lishini tilab, mamlakatimizda keksalarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat, e'tibor va g‘amxo‘rlik uchun, Prezidentimizga minnatdorchilik bildirishdi.

IMG_1514

IMG_1541

IMG_1452

Keksalarimizning mehnatlari, ularni ma'naviy qo‘llab-quvvatlash va e'zozlash, savobli xayriya ishlari, yoshlarimizga ibrat bo‘lib, ularni ham, hamisha yoshi ulug‘larni izzat va hurmat qilishga, har doim ma'naviy va moddiy ko‘makka muhtojlarga yordam qilishga undashi tabiiy. Bugungi kunda, barcha sohalarda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zamirida, keksalarimizning, urush va mehnat faxriylarining ulkan mehnatlari borligi, sir emas.

IMG_1526

Farovon hayotimizga o‘z hissalarini qo‘shgan yoshi ulug‘ insonlarga mehr-oqibat, hurmat, e'zoz ko‘rsatish, bizning farzandlik, shogirdlik, asosiysi insoniylik burchimizdir.  Keksalari e'zozlangan yurtda, albatta fayz-baraka, farovonlik bo‘ladi. Keksalarimizga ehtirom va ularni ardoqlash esa, xalqimizning milliy an'anasidir.

Manba: Fattohhon.com
Top