12:37 / 15.12.2015
3240

O‘zbekistonda urush va mehnat fronti faxriylari uchun kommunal xizmatlar haqi 50 foizgacha to‘lab berildi

«Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturiga muvofiq, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari uchun kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga belgilangan har oylik kompensatsiya to‘lovlari amaldagi 45 foiz va 18 foiz o‘rniga tegishli ravishda 50 foiz va 25 foizgacha ko‘paytirildi.

Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Kun.uz` saytiga taqdim etgan «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturining 2015 yil yanvar-noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotida so‘z boradi.

Ma'lumotda keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti fahriylari uchun kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga belgilangan har oylik kompensatsiya to‘lovlari 2489 nafar faxriyga 50 foiz, 58441 nafar faxriyga esa 25 foiz miqdorida taqdim etildi.

Top