23:51 / 15.12.2015
22598

Putin Kerriga uxlab olishni tavsiya qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘rtasida bo‘ladigan uchrashuvdan avval Rossiya yetakchisi mehmonga uxlab, dam olib olishni tavciya qilgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Biz muhim masalalarni hal etish uchun qancha kuch sarflaganingizni ko‘rib turibmiz. Shuning uchun uxlab olishingiz zarur”, — dedi u.

Kerri buning uchun unga minnatdorchilik bildirgan va Suriyadagi vaziyatni muhokama etish uchun Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov huzuriga guruh jo‘natgan.

Top