14:10 / 15.12.2015
3579

Putin Konstitutsion sudga xalqaro sudlar qarorlarini inobatga olmaslikka ruxsat berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Konstitutsion sudga xalqaro sudlar qarorlarini ijro etishni imkonsiz deb topish huquqini beradigan qonunni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Bunday tashabbus ilgari surilganida Putin uning amalga oshirilishini mumkin deb topgan edi. Natijada qonun loyihasi muvaffaqiyat bilan muhokamadan o‘tkazilib, qabul qilindi.
Gap birinchi galda inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlari haqida ketmoqda.

Top