12:27 / 15.12.2015
2741

Qirg‘iziston soliq va bojxona xizmatlari byudjyet yig‘imlari rejasidan ortda qolmoqda

2015 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston soliq va bojxona xizmatlaridan byudjyetga kelib tushgan pullar rejadagidan kam bo‘lib chiqdi. Bu haqda moliya vazirligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, hisobot davridagi soliq tushumlari 63 mlrd 574 mln somni tashkil qilgan bo‘lib, bu rejaning 95.2 foizi demakdir. Bojxona to‘lov va yig‘imlaridan byudjyetga 29 mlrd 312.3 mln som kelib tushgan, bu esa rejaning 96.72 foizidir. Davlat soliq xizmati tushumlari 34 mlrd 621.7 mln somni tashkil qildi (94 foiz).

Byudjyetga kelib tushgan mablag‘ning umumiy hajmi 102.8 mlrd somni tashkil qildi. 2014 yilning shu davriga qiyoslanganida daromad 7.9 foizga yoki 7 mlrd 535.5 mln somga o‘sdi.
Bunday tendensiya soliqdan tashqari daromadning oshirilishi hisobidan kelib chiqdi, deb ta'kidlanadi hisobotda.

Top