00:02 / 15.12.2015
3687

Qirg‘izistondagi qor ko‘chishi natijasida rossiyalik top-menejyer halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi Ak-Suu qishlog‘ida qor ko‘chishi natijasida Rossiyaning “Nur Telekom” kompaniyasining top-menejyeri halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”. Bu haqda Qirg‘iziston FVV vaziri Kubatbek Boronov ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chki to‘rt nafar chang‘ichini bosib qolgan. Ulardan uch nafari mustaqil ravishda qor tagidan chiqib olgan.

“Sportchilar tegishli xizmatlarga xabar bermay toqqa yo‘l olgan va ko‘chkiga ro‘baru bo‘lishgan”, — dedi u.

Top