14:21 / 15.12.2015
4035

Qozog‘iston milliy banki tanga kursiga izoh berdi

Qozog‘iston milliy valyutasining ayirboshlash kursi jahon moliyaviy va tovar bozorlaridagi va narx shakllantiruvchi omillar ta'siri ostida shakllanmoqda. 2014 va 2015 yillarda neft narxining tushib ketishi to‘lov balansining yomonlashuviga olib keldi, bu ichki bozor balansiga ham ta'sir ko‘rsatdi, deyiladi milliy bank bayonotida.

Brent rusumli neft narxining 2015 yil dekabrining boshidan 44.4 dollar 37.8 dollarga tushib ketishi (15 foizga) ayirboshlash kursiga qo‘shimcha bosimni keltirib chiqardi.
“Milliy bank ichki valyuta bozorida tanga kursining qisqa muddatli to‘lg‘anishlarini yumshatish maqsadida ishtirok etib kelmoqda, lekin chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifni belgilovchi omillar ta'siriga qarshilik ko‘rsatmayapti”, - deyiladi regulyatorning xabarnomasida.

Top