08:51 / 15.12.2015
10038

Saudiya Arabistoni 34 ta davlatdan iborat aksilterrorchilik koalitsiyasi tuzilganini e'lon qildi

Saudiya Arabistoni hukumati terrorchilikka qarshi kurashuvchi 34 ta musulmon davlatidan iborat alyans yaratilganini e'lon qildi.

Yangi aksilterrorchilik ittifoqi kuchlari Ar-Riyoddan boshqariladi. Ta'kidlanishicha, koalitsiya 72 soat ichida tuzilgan.

Koalitsiyaga Saudiya Arabistoni, Iordaniya, BAA, Pokiston, Bangladesh, Bahrayn, Benin, Turkiya, Chad, Togo, Tunis, Jibuti, Senegal, Sudan, Serra-Leone, Somali, Gabon, Gvineya, Falastin, Komor Orollari, Qatar, Kot-d'Ivuar, Kuvayt, Livan, Liviya, Mali, Maldiv Respublikasi, Malayziya, Misr, Marokash, Mavritaniya, Niger, Nigeriya va Yaman kirgan.

Shu bilan birga mintaqada IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya, Suriyada esa Rossiya Qurolli kuchlari Suriya, Eron va Iroq Qurolli kuchlari bilan birga harakat qilmoqda.

Top